Oxirgi yangilanish: 2025-yil 1-fevral

Maxfiylik Siyosati

Manzeel ilovasi va veb-saytida shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi va maxfiyligi qanday ta’minlanishi haqida to’liq ma’lumot.

1. Umumiy qoidalar

Ushbu Maxfiylik siyosati Manzeel platformasi ("Biz", "Manzeel") foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig’ish, foydalanish, saqlash va oshkor qilish tartibini belgilaydi. Biz foydalanuvchilarimizning shaxsiy daxlsizligini hurmat qilamiz va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashni oliy burchimiz deb bilamiz.

2. Qanday ma’lumotlarni yig’amiz?

Shaxsiy identifikasiya ma’lumotlari:Ism-sharif, telefon raqami, elektron pochta manzili, pasport ma’lumotlari (bron va viza rasmylashtirish uchun).
Sayohat va bron ma’lumotlari:Tanlangan turlar, mehmonxona afzalliklari, Umra va xorijiy safarlar uchun talab qilinadigan hujjatlar.
Texnik va qurilma ma’lumotlari:IP-manzil, operatsion sistema turi, ilovadan foydalanish statistikasi, cookie fayllari va qurilma identifikatorlari.

3. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadi

Yig’ilgan ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Tur-paketlar va sayohat xizmatlarini bron qilish hamda rasmiylashtirish
  • Tekshirilgan tur-operatorlar bilan xavfsiz bog’lanishni ta’minlash
  • Foydalanuvchini safar holati va hujjatlar tayyorligi haqida xabardor qilish
  • Mijozlarni 24/7 texnik va axborot bilan qo’llab-quvvatlash
  • Ilova ishini yaxshilash va shaffof narxlarni shakllantirish

4. Ma’lumotlarni uchinchi tomonlarga berish

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sotmaymiz. Ma’lumotlar faqat quyidagi hollarda uchinchi tomonlarga beriladi:

  • Siz tanlagan va bron qilgan litsenziyalangan tur-operatorlarga (safar xizmatini ko’rsatish uchun)
  • Xavfsiz to’lov tizimlariga (Click, Payme, Uzcard, Humo) to’lovni amalga oshirish uchun
  • Qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda vakolatli davlat organlarining rasmiy so’roviga asosan

5. Ma’lumotlar xavfsizligi

Manzeel zamonaviy SSL/TLS shifrlash protokollari va xavfsiz bulutli serverlardan foydalanadi. Sizning pasport va bron hujjatlaringiz ilova ichida shifrlangan holda saqlanadi hamda faqat siz va vakolatli operatorga ko’rinadi.

6. Foydalanuvchi huquqlari

Har bir foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • O’z shaxsiy ma’lumotlarini ko’rish, o’zgartirish va to’ldirish
  • Hisobini va unga bog’liq ma’lumotlarni to’liq o’chirishni so’rash
  • Marketing va axborot bildirishnomalarini o’chirib qo’yish

7. Bog’lanish va savollar

Maxfiylik siyosati bo’yicha savollaringiz yoki takliflaringiz bo’lsa, biz bilan bog’lanishingiz mumkin:

support@manzeel.app
+998 71 200-00-00